w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand yoshlari Turkiyada: hamkorlik sari muhim qadamlar

Samarqand yoshlari Turkiyada: hamkorlik sari muhim qadamlar

Viloyatimiz yoshlari delegatsiyasi Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida o‘tkazilgan Turkiya–O‘zbekiston xalqaro yoshlar tajriba almashinuvi dasturida ishtirok etdi.

Dastur doirasida viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov Manavgat tumani hokimi Adil Karatash bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya Alanya Alaaddin Keykubat universiteti (ALKÜ)ga bordi. Bu yerdagi uchrashuvda oliy ta’lim tizimi, ilmiy hamkorlik, yoshlarning liderlik salohiyatini oshirish, innovasion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi yoshlar hamkorligini yanada mustahkamlash hamda ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


Oxirgi o‘zgarish: 12/07/2026 11:34.   Ko‘rilganligi: 28
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-yoshlari-turkiyada-hamkorlik-sari-muhim-qadamlar

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing