


Viloyatimiz yoshlari delegatsiyasi Turkiya Respublikasining Antaliya shahrida o‘tkazilgan Turkiya–O‘zbekiston xalqaro yoshlar tajriba almashinuvi dasturida ishtirok etdi.
Dastur doirasida viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov Manavgat tumani hokimi Adil Karatash bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya Alanya Alaaddin Keykubat universiteti (ALKÜ)ga bordi. Bu yerdagi uchrashuvda oliy ta’lim tizimi, ilmiy hamkorlik, yoshlarning liderlik salohiyatini oshirish, innovasion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi yoshlar hamkorligini yanada mustahkamlash hamda ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 11
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.