w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand – xalqaro diplomatiya va ezgulik markazi: mehmondöstlikning yuksak namunasi

Samarqand – xalqaro diplomatiya va ezgulik markazi: mehmondöstlikning yuksak namunasi

Ötayotgan hafta Samarqand şahri uçun çinakam tarixiy voqealarga boy böldi. 

Qadimiy va navqiron şahar bir neça kun mobaynida jahon siyosati, biznes olami va gumanitar taşabbuslarning markaziga aylandi.

Uşbu voqealar nafaqat Özbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oşirdi, balki şahar ahlining yuksak madaniyati va mehmondöstligini yana bir bor namoyiş etdi.
18-oktabr kuni davlatimiz rahbari Samarqandda bölib, transport infratuzilmasi va zamonaviy şaharsozlik loyihalari bilan tanişdi.
19-oktabr kuni esa Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Amerika Qöşma Ştatlari Davlat kotibi Marko Rubio, AQŞ Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, Amerikaning yetakçi kompaniyalari va banklari vakillari iştirokida "Özbekiston-Amerika" işbilarmonlik va investisiya kengaşining ikkinçi yiğilişi ötkazildi. Unda umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarlik 54 ta kelişuv va istiqbolli taşabbusdan iborat töplam şakllantirildi. Ularni amalga oşiriş uçun kompleks harakatlar dasturi işlab çiqildi.
Şuningdek, 19-oktabr kuni “Markaziy Osiyo – AQŞ” (S5+1) formatidagi vazirlar muloqoti ötkazildi. Mazkur tadbirlarda iştirok etiş uçun Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston va Tojikiston taşqi işlar vazirlari ham Samarqandga taşrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari tadbir doirasida AQŞ davlat kotibi hamda Markaziy Osiyo davlatlari taşqi işlar vazirlari bilan uçraşuvlar ötkazdi hamda muhim mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qildi.
AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio hamda Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov iştirokida Özbekiston–AQŞ Kyengaytirilgan strategik şeriklik muloqotining birinçi yiğilişi ötkazildi.
“Markaziy Osiyo – AQŞ” (C5+1) formatidagi vazirlar uçraşuvida AQŞ va Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari muhokama qilindi.
21-22 -oktabr kunlari esa “Bolalar farovonligiga investisiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl” jahon sammiti hamda bolalar onkologiyasi böyiça II xalqaro kongressi ötkazildi. Mazkur tadbirlarda BMT, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, Jahon banki, YuNISYeF va boşqa nufuzli xalqaro taşkilotlar, 100 dan ortiq davlatlar vakillari, bir qator mamlakatlarning birinçi xonimlari iştirok etdi. Sammit yakunlari böyiça “Bolalar farovonligiga investisiya töğrisidagi Samarqand deklarasiyasi” muhokama qilindi. Samarqandda oğir xastalikka çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaş böyiça Global tarmoq tuzilişi eʻlon qilindi.
Uşbu tadbirlar ötkazilişi munosabati bilan Samarqand şahri yöllarida vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakatlanişi çeklandi. Uşbu jarayonda samarqandliklar xalqaro anjumanlarga mezbonlik qiliş borasidagi madaniyatini körsatib, tadbirlarning yuqori saviyada ötişiga özlarining hissalarini qöşdilar.
- Ayrim hollarda köçalarda tirbandliklar yuzaga kelib, işga yoki öqişga, kundalik yumuş bilan turli manzillarga otlangan yurtdoşlarimiz noqulayliklarga duç keldi. Şunday paytda ham ular samarqandliklarga xos bölgan mehmondöstlik bilan yöl tutdilar. Tadbirlarning yuksak saviyada ötişiga munosib hissa qöşgan barça samarqandliklarga viloyat hokimligi nomidan minnatdorçilik bildiramiz, - deydi Samarqand viloyati hokimining rasmiy delegasiyalarning taşrifi masalalari böyiça örinbosari Rustam Qobilov.
Xalqaro anjumanlar çoğida samarqandliklar körsatgan yuksak madaniyat — davlatimiz imidjini şakllantirişda eng muhim omil bölib xizmat qildi.
Samarqand öz mehmondöstligi bilan yana bir bor har qanday siyosiy va ijtimoiy vazifalar xalqning yakdilligi va qöllab-quvvatlaşi bilangina yuksak natijalarga olib kelişini isbotladi.

Kiritilgan vaqti: 23/10/2026 18:00.   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-xalqaro-diplomatiya-va-ezgulik-markazi-mehmondstlikning-yuksak-namunasi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing