w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan "SOF EXPO Samarkand" majmuasida “Zamonaviy qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar — AGROPRO EXPO 2026” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan "SOF EXPO Samarkand" majmuasida “Zamonaviy qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar — AGROPRO EXPO 2026” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Mazkur nufuzli tadbir qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or yechimlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarni namoyish etish, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, tarmoqni modernizatsiya qilish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirish borasida erishilayotgan natijalarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bunday ko‘rgazmalar sohada innovatsion yondashuvlarni ommalashtirish, fermer va klasterlar faoliyati samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng‘ samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh fermer va agrar soha xodimlari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
AGROPRO EXPO 2026 doirasida qishloq xo‘jaligi texnikasi, urug‘chilik, tomchilatib sug‘orish tizimlari, agrokimyo mahsulotlari hamda raqamli yechimlar bo‘yicha qator mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘z mahsulot va xizmatlarini taqdim etmoqda.
Ko‘rgazma shu yilning 5-mart kuniga qadar davom etadi. Unda soha mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, investorlar va tadbirkorlar ishtirok etishmoqda.

Oxirgi o‘zgarish: 04/03/2026 10:39.   Ko‘rilganligi: 116
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyatining-jomboy-tumanida-joylashgan-sof-expo-samarkand-majmuasida-zamonaviy-qishloq-xojaligida-innovatsion-texnologiyalar-agropro-expo-2026-xalqaro-korgazmasi-oz-ishini-boshladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing