w w w . s a m a r k a n d . u z

#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Samarqand viloyati bo'yicha quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

Toyloq tumani hokimligi: hokimining oila va хotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari bosh mutaхassisi;

Kattaqo'rg'on shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi: 2-hudud 1-uchastkada (Islom Shoir MFY, Kattaqo‘rg‘on MFY, Abdullo Qahhor MFY, Nurobod MFY, Usmon Nosir MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodimi;

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Bulung‘ur tumani bo‘limi: boshlig'i;

Qo‘shrabot tumani Tibbiyot birlashmasi: koordinatori;

Narpay tumani Tibbiyot birlashmasi: boshlig'ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha o'rinbosari;

Kattaqo‘rg‘on tumani Irrigatsiya bo‘limi: boshlig'i;

Oqdaryo tumani Irrigatsiya bo‘limi: boshlig'i;

Payariq tumani Irrigatsiya bo‘limi: boshlig'i;

Kattaqo‘rg‘on shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo'yicha bosh mutaхassisi;

Kattaqo‘rg‘on tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo'yicha bosh mutaхassisi;

Nurobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Boshquduq" mahallasidagi хotin-qizlar faoli.

Arizalar 15.10.2023-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.


Oxirgi o‘zgarish: 11/10/2023 21:05.   Ko‘rilganligi: 181
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyatidagi-vakant-lavozimlarga-ochiq-tanlov-elon-qilindi5

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.