w w w . s a m a r k a n d . u z

#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Samarqand viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi: ijro intizomi bo’yicha bosh mutaxassisi;

Bulung‘ur tumani hokimligi: raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo’yicha loyiha menedjeri;

Paxtachi tumani hokimligi: bolalarni himoya qilish sho’basi bosh mutaxassisi;

Samarqand tumani hokimligi: "Badal" mahallasidagi hokim yordamchisi;

Toyloq tumani hokimligi: hokimning o’rinbosari - oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i bosh mutaxassisi;

Yoshlar ishlari agentligi Bulung‘ur tumani bo‘limi: boshlig’i;

Yoshlar ishlari agentligi Paxtachi tumani bo‘limi: boshlig’i;

Yoshlar ishlari agentligi Qo‘shrabot tumani bo‘limi: boshlig’i;

Bulung’ur tumani Statistika bo’limi: bosh mutaxassisi;

Samarqand shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi:
— bosh hisobchisi;
— hududni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, moliyalashtirish, monitoring qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha bosh mutaxassisi;

— mahalliy byudjetni shakllantirish, byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash sho’basi yetakchi mutaxassisi;

Qo‘shrabot tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi: jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bosh mutaxassisi;

Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasi: boshlig’ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo’yicha o’rinbosari;

Paxtachi tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi: Amir Temur nomli mahallasidagi xotin-qizlar faoli;

Arizalar 10.09.2023-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.


Oxirgi o‘zgarish: 07/09/2023 10:47.   Ko‘rilganligi: 416
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyatidagi-vakant-lavozimlarga-ochiq-tanlov-elon-qilindi45624

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.