w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida yangi tez tibbiy yordam binolari foydalanishga topshirildi

Samarqand viloyatida yangi tez tibbiy yordam binolari foydalanishga topshirildi

Samarqand viloyatida aholiga tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali tizimidagi Nurobod, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Oqdaryo va Urgut tuman tez tibbiy yordam stansiyalarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.
Ushbu binolar qurilishi 2025-yil “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi doirasida g‘olib deb topilib, amalga oshirilgan.
Loyiha doirasida zamonaviy talablarga javob beradigan ikki qavatdan iborat binolar barpo etildi.
Yangi binolar aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.


Kiritilgan vaqti: 24/03/2026 17:18.   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyatida-yangi-tez-tibbiy-yordam-binolari-foydalanishga-topshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing