


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida
Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev boshchiligidagi ishchi guruh rasmiylar hamrohligida Samarqand viloyatida oʻrganish ishlarini davom ettirmoqda.
Dastlab, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Rasmiylar ushbu oliy oʻquv yurtida talabalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy tahlil qilishdi.

Xususan, oliygohda talabalar sport bilan yetarli darajada qamrab olinmagan, klublar faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilmagan, infratuzilmani yaxshilash borasida tashabbuslar yetarli emas.
Sport vaziri Adkham Ikramov talabalarni sportga qiziqtirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish zarurligini, xususan bu borada jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va murabbiylarning mas’uliyatini oshirish borasida aniq koʻrsatmalar berdi.
MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov oliygohda sport klublari faoliyatini yanada rivojlantirish borasida tavsiyalar berib, sport turlari boʻyicha natijalarga erishayotgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning sport bilan faol tarzda shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish borasida mutasaddilarga tegishli topshiriq berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.