w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida sport sohasini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida respublika ishchi guruhi oʻrganishlari davom etmoqda

Samarqand viloyatida sport sohasini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida respublika ishchi guruhi oʻrganishlari davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida

Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev boshchiligidagi ishchi guruh rasmiylar hamrohligida Samarqand viloyatida oʻrganish ishlarini davom ettirmoqda.
Dastlab, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Rasmiylar ushbu oliy oʻquv yurtida talabalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy tahlil qilishdi.


Xususan, oliygohda talabalar sport bilan yetarli darajada qamrab olinmagan, klublar faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilmagan, infratuzilmani yaxshilash borasida tashabbuslar yetarli emas.
Sport vaziri Adkham Ikramov talabalarni sportga qiziqtirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish zarurligini, xususan bu borada jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va murabbiylarning mas’uliyatini oshirish borasida aniq koʻrsatmalar berdi.
MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov oliygohda sport klublari faoliyatini yanada rivojlantirish borasida tavsiyalar berib, sport turlari boʻyicha natijalarga erishayotgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning sport bilan faol tarzda shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish borasida mutasaddilarga tegishli topshiriq berdi.


Kiritilgan vaqti: 20/05/2026 21:19.   Ko‘rilganligi: 12
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyatida-sport-sohasini-rivojlantirishni-yangi-bosqichga-olib-chiqish-maqsadida-respublika-ishchi-guruhi-organishlari-davom-etmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing