Kuni kecha Samarqand viloyati va Shensi provinsiyasi o’rtasida iqtisodiy hamkorlik bo’yicha bitim imzolanganligi haqida xabar bergan edik.
Xitoy Xalq Respublikasidagi tashrifi doirasida bugun viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Shensi provinsiyasi hamda Sian shahri partiya rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Samarqand viloyati va Xitoyning Shensi provinsiyasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish, tomonlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, sheriklik aloqalarini o‘rnatish, iqtisodiyot, fan va texnika, madaniyat va ta’lim, turizm, tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va tadqiq etish sohalarida turli shakllarda almashinuv va hamkorlikni amalga oshirish masalalari kelishib olindi. O‘zaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish, tovar ayriboshlashni kengaytirish, savdo ko‘rgazmalari va yarmarkalar kabi yirik tadbirlarda faol ishtirok etish masalalari ham bugungi muhokama markazida bo’ldi.
Uchrashuv yakunida Erkinjon Turdimov Shensi provinsiyasi hamda Sian shahri rahbarlari va tadbirkorlarini Samarqandga taklif qildi. Tez kunlarda ikki mintaqa tadbirkorlari o’rtasida biznes forumlar va uchrashuvlar o’tkazish belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.