w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati va Shensi provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlanadi

Samarqand viloyati va Shensi provinsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlanadi

Kuni kecha Samarqand viloyati va Shensi provinsiyasi o’rtasida iqtisodiy hamkorlik bo’yicha bitim imzolanganligi haqida xabar bergan edik. 

Xitoy Xalq Respublikasidagi tashrifi doirasida bugun viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Shensi provinsiyasi hamda Sian shahri partiya rahbarlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Samarqand viloyati va Xitoyning Shensi provinsiyasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish, tomonlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, sheriklik aloqalarini o‘rnatish, iqtisodiyot, fan va texnika, madaniyat va ta’lim, turizm, tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va tadqiq etish sohalarida turli shakllarda almashinuv va hamkorlikni amalga oshirish masalalari kelishib olindi. O‘zaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish, tovar ayriboshlashni kengaytirish, savdo ko‘rgazmalari va yarmarkalar kabi yirik tadbirlarda faol ishtirok etish masalalari ham bugungi muhokama markazida bo’ldi.

Uchrashuv yakunida Erkinjon Turdimov Shensi provinsiyasi hamda Sian shahri rahbarlari va tadbirkorlarini Samarqandga taklif qildi. Tez kunlarda ikki mintaqa tadbirkorlari o’rtasida biznes forumlar va uchrashuvlar o’tkazish belgilandi.


Kiritilgan vaqti: 20/05/2023 08:28.   Ko‘rilganligi: 256
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-va-shensi-provinsiyasi-ortasida-hamkorlik-aloqalari-rivojlanadi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.