
Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov va Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Aripov Tohir To‘lqunovich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani ma’lum qilindi.
Mazkur tayinlovga qadar Tohir Aripov Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozmida faoliyat ko‘rsatgan.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Haydarov Ne’matilla Ibragimovich viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri Samarqandda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va barvaqt aniqlash, "Xavfsiz mahalla", "Xavfsiz shahar" tamoyillarini hayotga tatbiq etishda soha xodimlari oldida turgan vazifalarni belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.