w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi ichki  ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov va Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Aripov Tohir To‘lqunovich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani ma’lum qilindi.


Mazkur tayinlovga qadar Tohir Aripov Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozmida faoliyat ko‘rsatgan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Haydarov Ne’matilla Ibragimovich viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri Samarqandda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va barvaqt aniqlash, "Xavfsiz mahalla", "Xavfsiz shahar" tamoyillarini hayotga tatbiq etishda soha xodimlari oldida turgan vazifalarni belgilab berdi.


Kiritilgan vaqti: 31/07/2025 10:55.   Ko‘rilganligi: 59
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-iibga-yangi-rahbar-tayinlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing