w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev

Xalqaro tarixiy yodgorliklar va majmualarni muhofaza qilish kengashi (IKOMOS) bosh direktori Mari-Laur Lavenir xonim bilan uchrashdi. 

Unda Samarqandning tarixiy qismida joylashgan obidalar, xususan, Imom Moturidiy ziyoratgohi atrofini obodonlashtirish, ushbu qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Uchrashuvda viloyat rahbari Adiz Boboyev Bibixonim majmuasini ham rekonstruksiya qilish juda muhimligini taʼkidlab o‘tdi.

Samarqand shahrining YUNESKO Jahon merosi hududida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari, ular bilan bog‘liq ravishda infratuzilmaning o‘zgarishi holati yuzasidan fikr almashilib, mahallalardagi tarixiylikni saqlab qolish, ziyoratchilar uchun qulayliklar yaratish borasida hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.


Oxirgi o‘zgarish: 11/07/2025 09:07.   Ko‘rilganligi: 36
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-hokimi-vazifasini-bajaruvchi-adiz-boboyev65

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing