w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Xiamen shahridagi amaliy uchrashuvlari davom etmoqda.

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Xiamen shahridagi amaliy uchrashuvlari davom etmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari “Jinjiang WACOO Food Co., Ltd.” hamda “INNOVA PACKAGING GROUP” kompaniyalari raislari bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida:
“Jinjiang WACOO Food Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan Samarqandda ishlab chiqarilayotgan quruq mevalarni zamonaviy qadoqlash va eksportbop upakovka yo‘nalishida hamkorlik taklif qilindi.
“INNOVA PACKAGING GROUP” tomonidan esa yirik sanoat korxonalari uchun ekologik toza bioqadoqlar ishlab chiqarish loyihalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Muloqotlar davomida Samarqand viloyatida mazkur loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda zamonaviy qadoqlash sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Kiritilgan vaqti: 25/05/2026 16:01.   Ko‘rilganligi: 15
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-hokimi-orinbosari-xurshidbek-samiyev-boshchiligidagi-viloyatimiz-delegatsiyasining-xitoy-xalq-respublikasining-xiamen-shahridagi-amaliy-uchrashuvlari-davom-etmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing