w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati hokimi AQShdagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Samarqand viloyati hokimi AQShdagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Filadelfiya shahrida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevning AQShdagi vatandoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida dastlab milliy hunarmandchilik buyumlari, Samarqandda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Shundan so‘ng vatandoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, hududning iqtisodiy salohiyati, investitsiyaviy jozibadorligi hamda turizm imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Viloyatda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, infratuzilmaning rivojlanayotgani xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Xususan, turizm sohasida yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Uchrashuvda viloyatda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvdan so‘ng Samarqandda tadbirkorlik qilish maqsadida bo‘lgan vatandoshlar va xorijlik investorlar bilan muloqot o‘tkazildi. Ular turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.
Bunday uchrashuv va muloqotlar aniq amaliy natijalarga erishish, ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, investitsiya oqimini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Kiritilgan vaqti: 17/05/2026 18:40.   Ko‘rilganligi: 38
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-hokimi-aqshdagi-vatandoshlar-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing