w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Kaliforniyadagi "Bay Area Council" tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Kaliforniyadagi "Bay Area Council" tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda turizm sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur tashkilot biznes va davlat o‘rtasida samarali muloqot platformasini shakllantirishga ixtisoslashgan. U yirik kompaniyalar manfaatlaridan kelib chiqib, davlat siyosatiga biznesni integratsiya qilish hamda hududiy iqtisodiy strategiyalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etib keladi.
Uchrashuvda turizm, logistika, transport va infratuzilma sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, zamonaviy yo‘llar infratuzilmasini takomillashtirish, “yashil” va texnologik transport yechimlarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, startap ekotizimini rivojlantirish, investorlar uchun jozibador muhit yaratish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida ham o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Muloqot yakunida tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, kelgusida amalga oshiriladigan aniq vazifalarni belgilab oldilar.

Kiritilgan vaqti: 14/05/2026 15:22.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-hokimi-adiz-boboyev-kaliforniyadagi-bay-area-council-tashkiloti-vakillari-bilan-uchrashuv-otkazdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing