w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev AQShga safari doirasida Missuri shtati Vakillar palatasi spikeri Chad Perkins va bir guruh Senat a’zolari bilan uchrashdi.

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev AQShga safari doirasida Missuri shtati Vakillar palatasi spikeri Chad Perkins va bir guruh Senat a’zolari bilan uchrashdi.

Unda viloyat rahbari Adiz Boboyev davlat rahbarlari o‘rtasidagi muloqotlar va uchrashuvlar natijasida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda yuqori darajada rivojlanayotganini alohida ta’kidladi.

Shu bilan birga, Samarqand viloyatida Amerika kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ortib borayotgani ham e’tirof etildi.
Natijada o‘zaro savdo aloqalari ham kengayib, 2025-yil yakunlariga ko‘ra Samarqand viloyati va AQSh o‘rtasidagi tovar aylanmasi 15 million dollarga yetgani ma’lum qilindi. Bugungi kunda viloyatdan Amerika bozoriga mayiz, quritilgan meva-sabzavotlar, gilam va gilam mahsulotlari, konserva, ichimliklar hamda qalampir kabi mahsulotlar eksport qilinmoqda.
Muzokaralar chog‘ida istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari ham muhokama qilindi. Xususan, Missuri shtati qonunchilik va biznes doiralari delegatsiyasining Samarqand viloyatiga tashrifini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, logistika, IT va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Uchrashuvdan so‘ng Adiz Boboyev Missuri shtati Bosh assambleyasi majlisida Vakillar palatasi deputatlari hamda senatorlarga tanishtirildi. Bu esa o‘z navbatida ikki hudud o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Kiritilgan vaqti: 13/05/2026 18:18.   Ko‘rilganligi: 25
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-hokimi-adiz-boboyev-aqshga-safari-doirasida-missuri-shtati-vakillar-palatasi-spikeri-chad-perkins-va-bir-guruh-senat-azolari-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing