w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati energetika tizimi keng ko‘lamda modernizatsiya qilinadi

Samarqand viloyati energetika tizimi keng ko‘lamda modernizatsiya qilinadi

Viloyat hokimi Adiz Boboyev taqsimlovchi elektr tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro tenderda g‘olib bo‘lgan Turkiyaning "Aksa Elektrik" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

30 yillik kelishuv doirasida investor viloyat energetika infratuzilmasiga 1 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya yo‘naltiradi.
Loyiha quyi kuchlanishli elektr tarmoqlarini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatishdan iborat barcha jarayonlarni qamrab oladi. Turkiya tomonidan tarmoqlarning eng muhim uchastkalari bo‘yicha audit ishlari yakunlanib, 440 ta loyiha ishlab chiqilgan. Shuningdek, viloyat bo‘yicha 1000 ta transformatorni yangilash, eskirgan elektr ustunlari va tarmoqlarni almashtirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, zarur mobil generatorlar va maxsus texnikalarni xarid qilish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Uchrashuvda kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Viloyat hokimi aholi uchun qish mavsumini muammosiz o‘tkazish maqsadida barcha ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidlab, mavjud masalalarni hal etishda to‘liq ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Adiz Boboyev mazkur loyihaning strategik ahamiyatini ta’kidladi. Loyihaning amalga oshirilishi elektr ta’minotidagi uzilishlarni minimallashtirish, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish hamda uglerod chiqindilarini qisqartirish imkonini beradi.

Kiritilgan vaqti: 09/10/2026 20:24.   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-energetika-tizimi-keng-kolamda-modernizatsiya-qilinadi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing