w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Missuri o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Samarqand va Missuri o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev AQSHning Missuri shtati gubernatori Mayk Kexoy hamda shtat Senati a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida ikki hudud o‘rtasida iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mayk Kexoy ushbu Missuri shtati AQSHning markaziy qismida joylashgan, sanoat va qishloq xo‘jaligi, logistika rivojlangan yirik industrial-agrar hududlaridan biri ekanini qayd etdi.
Uchrashuvda Adiz Boboyev Samarqand viloyatining investitsion salohiyati haqida to‘xtalib, hozirgi kunda viloyatda 700 ga yaqin qo‘shma va xorijiy korxonalar faoliyat yuritayotganini, ularning 20 dan ortig‘ini esa AQSH kapitali ishtirokidagi korxonalar tashkil etishini ma'lum qildi.
Muzokaralar chog‘ida hamkorlikni aniq loyihalar asosida rivojlantirish ustuvor ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi. Jumladan, "Bunge" kompaniyasi bilan agrosanoat klasterini tashkil etish, "Post Holdings" kompaniyasi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklif qilindi. Shuningdek, Missuridagi qator kompaniyalar bilan sanoat avtomatizatsiyasi, mebel va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish istiqbollari ko‘rib chqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar.

Kiritilgan vaqti: 13/05/2026 18:09.   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-missuri-ortasidagi-hamkorlik-yonalishlari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing