w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Grodno viloyatlari hamkorlikni kengaytirmoqda

Samarqand va Grodno viloyatlari hamkorlikni kengaytirmoqda

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Grodno viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Yuriy Karayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda hududlararo hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari hamda ikki viloyat o‘rtasidagi iqtisodiy va ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan aniq loyihalar muhokama qilindi.
Samarqand tomoni Grodno viloyatidan naslli chorva mollari va go‘sht mahsulotlari yetkazib berishni kengaytirish, to‘qimachilik, metallurgiya, mashinasozlik va mebel sanoatida kooperatsiyani rivojlantirish, shuningdek, sut va bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Shuningdek, Samarqand viloyatining eksport salohiyatiga – quruq mevalar, yong‘oqlar va chuqur qayta ishlangan boshqa mahsulotlarni eksport qilish, istiqbolda uchinchi davlatlar bozorlariga chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalaridagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangilangan Yo‘l xaritasi imzolandi hamda qo‘shma loyihalarni muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimligi Belarus investorlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi hamda Grodno viloyati delegatsiyasi va ishbilarmon doira vakillarini Samarqandga taklif etdi.

Oxirgi o‘zgarish: 13/08/2026 17:14.   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-grodno-viloyatlari-hamkorlikni-kengaytirmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing