w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Belarus qishloq xo‘jaligi hamda qayta ishlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Samarqand va Belarus qishloq xo‘jaligi hamda qayta ishlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Minsk shahrida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Belarus Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Vitaliy Kulak bilan uchrashdi.

Tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantirish va qo‘shma agrar loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Samarqand viloyati tomonidan naslli qoramollarni yetkazib berishni kengaytirish, go‘sht mahsulotlarini import qilish, seleksiya va genetika sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
«Chorva Sut Servis» va «Marokand MIT» kompaniyalari Grodno viloyatida chorvachilik majmualariga investitsiya kiritish, keyinchalik Belarus tajribasi va texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etishga tayyor ekanini bildirdi.
Shuningdek, sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish, «Bellakt» kompaniyasi ishtirokida bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini mahalliylashtirish, Samarqanddan Belarus bozoriga quritilgan mevalar, yong‘oqlar va chuqur qayta ishlangan mahsulotlar eksportini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Belarus qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish va servis xizmatlarini yo‘lga qo‘yishga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida viloyat hokimi Adiz Boboyev Belarus qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarini Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, investitsiya maydonlari bilan tanishishga taklif qildi.
Viloyat hokimligi Belarus hamkorlariga zarur ko‘mak va qo‘llab-quvvatlashni ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Oxirgi o‘zgarish: 12/08/2026 11:28.   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-belarus-qishloq-xojaligi-hamda-qayta-ishlash-sohasidagi-hamkorlikni-kengaytirmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing