w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Belarus o‘rtasida to‘qimachilik sanoatida hamkorlik qilinadi

Samarqand va Belarus o‘rtasida to‘qimachilik sanoatida hamkorlik qilinadi

Matolar va uskunalarni yetkazib berishdan – to‘liq ishlab chiqarish kooperatsiyasigacha.

Samarqand viloyati va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda aynan shu yondashuv viloyat hokimi Adiz Boboyevning «Bellegprom» konserni raisi Nadejda Lazarevich bilan o‘tkazgan uchrashuvida asosiy masala sifatida muhokama qilindi.
Muloqot ikki tomonning yetakchi to‘qimachilik korxonalari rahbarlari ishtirokida videoselektor shaklida o‘tkazildi. Bu tadbirkorlarga vositachilarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish imkonini berdi.
Bunday integratsiya uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bugun Samarqand viloyati yengil sanoatida 600 dan ziyod korxona faoliyat yuritib, 16 ming nafar mutaxassis mehnat qilmoqda. Ishlab chiqarish hajmi ham barqaror o‘sib, bir yilda 5 foizga ko‘paygan.
Endi asosiy vazifa – mavjud salohiyatni qo‘shma mahsulotlarga aylantirishdan iborat.
Uchrashuvda Belarus brendlari ostida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, terini chuqur qayta ishlash, ip-kalava va qalin paxta matolari eksportini oshirish, shuningdek, Samarqanddagi fabrikalarni Belarus uskunalari va raqamlashtirish texnologiyalari bilan jihozlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar. Viloyat rahbari belgilangan barcha loyihalarni dastlabki tashkiliy bosqichdan tortib, tayyor mahsulotni tashqi bozorga chiqarishga qadar har bir bosqichda to‘liq qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Kiritilgan vaqti: 12/08/2026 11:33.   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-belarus-ortasida-toqimachilik-sanoatida-hamkorlik-qilinadi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing