w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Bavariya o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

Samarqand va Bavariya o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

Germaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Bavariyaning Yevropa va xalqaro ishlar bo‘yicha davlat vaziri Erik Baysvenger bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida nemis tomoni hamkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi. Ayniqsa, Erik Baysvenger kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratib, bugungi kunda Bavariyada malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori ekanini ta’kidladi. Shu munosabat bilan, nemis standartlariga mos kadrlar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma ta’lim dasturlari va kasbiy tayyorgarlik markazlarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘z navbatida, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev bavariyalik investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. Samarqandda yangi biznes tashabbuslarini amalga oshirish, qulay investitsiya muhitini yaratish uchun barcha zarur sharoitlar va infratuzilma mavjudligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari ham alohida ko‘rib chiqildi. Samarqandning boy tarixiy merosi va Bavariyaning yuqori iqtisodiy salohiyatini hisobga olgan holda, tomonlar o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish va turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda bildirilgan tashabbuslarni amalga oshirish nafaqat iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, balki hududlar o‘rtasidagi gumanitar muloqotni rivojlantirishga ham muhim hissa qo‘shadi.

Kiritilgan vaqti: 09/04/2026 18:01.   Ko‘rilganligi: 30
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-bavariya-ortasidagi-hamkorlik-kengaymoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing