w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand tumanida yirik turizm loyihasi ishga tushirildi

Samarqand tumanida yirik turizm loyihasi ishga tushirildi

Tumandagi "Oqbo‘yra" turistik-rekreasion hududida barpo etilgan zamonaviy “Zarra Resort & Spa” majmuasi birinchi bosqichining ochilish va foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

7 gektar maydonda bunyod etilgan mazkur majmua zamonaviy mehmonxona va dam olish xizmatlarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, yiliga 300 ming nafargacha mehmonlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Majmuaning ishga tushirilishi hududning turizm salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida mehmonlar majmuada yaratilgan sharoitlar, zamonaviy infratuzilma va kelgusidagi rivojlantirish rejalari bilan tanishdilar.


Oxirgi o‘zgarish: 01/06/2026 18:04.   Ko‘rilganligi: 26
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-tumanida-yirik-turizm-loyihasi-ishga-tushirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing