w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand shahridagi “Yoshlar kreativ shaharchasi”da “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida “Tashabbuslar marafoni” tashkil etildi.

Samarqand shahridagi “Yoshlar kreativ shaharchasi”da “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida “Tashabbuslar marafoni” tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Mahallalar uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev va viloyat hokimining o‘rinbosari Husan To‘xtayev qatnashib, yoshlarning loyiha va takliflari bilan tanishdi.

Marafon doirasida tadbirkorlik, bandlik, innovatsiya, robototexnika, kitobxonlik, xorijiy tillar, ekologiya, sport, madaniyat yo‘nalishlarida maxsus pavilonlar faoliyat yuritdi. Ularda yoshlar uchun seminarlar, ekspertlar bilan ochiq muloqotlar, startap loyihalar taqdimoti hamda ijodiy tanlovlar tashkil etildi.


Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning innovasion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishdan iborat.


Kiritilgan vaqti: 10/06/2026 18:50.   Ko‘rilganligi: 14
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-shahridagi-yoshlar-kreativ-shaharchasida-yangi-ozbekistonni-yoshlar-quradi-shiori-ostida-tashabbuslar-marafoni-tashkil-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing