


Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida tashkil etilgan ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Husan To‘xtayev ishtirok etib, ushbu olimpiada “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda
“Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2-bosqichi ekanini aytib, unda barcha sportchilar faol ishtirok etishi lozimligini taʼkidladi.

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2-bosqichi — “Hokim Olimpiadasi” 19 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazilmoqda.
Sportning dzyudo turi bo‘yicha boshlangan bugungi musobaqada tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar o‘zaro kuch sinashmoqda.
“Hokim olimpiadasi”ning g‘olib va sovrindorlari munosib rag‘batlantiriladi. Shuningdek, ular navbatdagi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 1
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.