w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand shahar kuni munosabati bilan yangi mehmonxona foydalanishga topshirildi

Samarqand shahar kuni munosabati bilan yangi mehmonxona foydalanishga topshirildi

18-oktabr — Samarqand shahar kuni munosabati bilan shaharda bir nechta xizmat ko‘rsatish obyektlari va ko‘p qavatli turarjoy binolari foydalanishga topshirilmoqda.

Jumladan, Samarqand shahrining Mustaqillik mahallasi hududida 3 qavatli, 80 o‘ringa mo‘ljallangan yangi mehmonxona ishga tushirildi. Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar yangi mehmonxonada mehmonlar uchun yaratilgan zamonaviy qulayliklar, xizmat ko‘rsatish sifati va sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Mehmonxona faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa shahardagi xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va aholini ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Kiritilgan vaqti: 18/10/2025 19:25.   Ko‘rilganligi: 25
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-shahar-kuni-munosabati-bilan-yangi-mehmonxona-foydalanishga-topshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing