w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand – Jakarta: hamkorlikda yangi bosqich

Samarqand – Jakarta: hamkorlikda yangi bosqich

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev hamda Jakarta provinsiyasi gubernatori Pramono Anung Vibovo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Do‘stona va konstruktiv ruhda kechgan muzokaralar ikki hudud o‘rtasidagi savdo - iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tomonlar, avvalo, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investisiya muhitini yaxshilash hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, uchrashuvda shahar transport tizimini to‘g‘ri tashkil etish, sayyohlarga sifatli servis xizmatlarini ko‘rsatish, ekologik yashil makon barqarorligini ta’minlash, "xavfsiz shahar" konsepsiyasini amalga oshirish kabi yo‘nalishlar ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Muzokaralarda turizm sohasi ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, o‘zaro tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, turizm oqimini oshirish, qo‘shma madaniy tadbirlar tashkil etish hamda mehmonxona va xizmat ko‘rsatish tizimiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni izchil rivojlantirish, aniq loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirishga kelishib oldilar. Shu bilan birga, yuqori darajadagi o‘zaro tashriflarni davom ettirish va doimiy muloqotda bo‘lish muhim ekani ta’kidlandi.
Mazkur uchrashuv Samarqand va Jakarta o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochib, ikki hududning iqtisodiy va madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi.

Kiritilgan vaqti: 06/04/2026 20:33.   Ko‘rilganligi: 31
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-jakarta-hamkorlikda-yangi-bosqich

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing