


Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherbek Buranov boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasiga safari doirasida Baden-Württemberg o‘lkasining Savdo-sanoat palatasida muhim uchrashuv o‘tkazdi.
Unda viloyatning iqtisodiy va investitsion salohiyati taqdim etildi. Xususan, hududda mavjud sanoat zonalari, infratuzilma imkoniyatlari, qishloq xo‘jaligi, turizm hamda ishlab chiqarish yo‘nalishlarida xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot jarayonida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va investitsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuv yakunida Baden-Württemberg Savdo-sanoat palatasi vakillari Samarqand viloyati bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.