w w w . s a m a r k a n d . u z

“Samarkand Marathon–2025” xalqaro xayriya marafonining asosiy bellashuvlari boshlandi

“Samarkand Marathon–2025” xalqaro xayriya marafonining asosiy bellashuvlari boshlandi

Bugun Samarqand shahrida
YUNESCO Bosh Konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida “Samarkand Marathon-2025” an’anaviy xalqaro xayriya marafonining asosiy bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Uning ochilishida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, Samarqand qator xalqaro musobaqalar markaziga aylanib borayotganini ta’kidladi.
- Mazkur marafon nafaqat sport bayrami, balki dunyo xalqlarini birlashtiradigan, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi muhim tadbir hisoblanadi, - dedi Adiz Boboyev.
Asosiy bellashuvlarda 53 davlatidan 8 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashyapti.
Ishtirokchilar 5, 10, 21.1, 42.2 kilometr masofalarni bosib o‘tadi.
42.2 kilometrlik marafon g’oliblariga - birinchi o‘rin uchun 30 million so‘m, ikkinchi o‘ringa 25 million so‘m va uchinchi o‘rinni egallagan sportchiga 20 million so‘m beriladi.
Marafon doirasida turli yosh toifasida va imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida ham poygalar tashkil etiladi.

Kiritilgan vaqti: 09/11/2025 10:45.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarkand-marathon2025-xalqaro-xayriya-marafonining-asosiy-bellashuvlari-boshlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing