w w w . s a m a r k a n d . u z

Respublika ishchi guruhi Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida ham oʻrganish ishlarini amalga oshirdi.

Respublika ishchi guruhi Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida ham oʻrganish ishlarini amalga oshirdi.

Xususan, Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan

Ishtixon tumanida aholi o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib etish hamda sport infratuzilmasini rivojlantirish, professional sportchilarni tayyorlash, iqtidorli sportchilarni seleksiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonlarida Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ro‘ziyev ham ishtirok etdi. Jarayon davomida ishchi guruh vakillari joylarda yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud sport infratuzilmasi, yosh sportchilarning mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.



Shuningdek, sport maktabi shug‘ullanuvchilari uchun yuqori natijaga erishgan sportchilar Navbahor Hamidova, Nigina O‘ktamova ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi.

Shuningdek, sportchi yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va fikrlari tinglandi.


Kiritilgan vaqti: 20/05/2026 21:36.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/respublika-ishchi-guruhi-samarqand-viloyatining-ishtixon-tumanida-ham-organish-ishlarini-amalga-oshirdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing