w w w . s a m a r k a n d . u z

Qo‘shrabotda hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Qo‘shrabotda hokim va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Qo‘shrabot tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlar tomonidan ta’lim sifatini oshirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat hamda sport sohalarini rivojlantirishga oid qator tashabbus va takliflar o‘rtaga tashlandi.



Viloyat hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni hal etish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni amalga oshirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham muhim vazifalar belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 02/07/2026 21:11.   Ko‘rilganligi: 25
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/qoshrabotda-hokim-va-yoshlar-uchrashuvi-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing