


“Qalqon guruhlari” a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan “Qalqon sardorlari” musobaqasining viloyat bosqichi kuchli raqobatga boy tarzda o‘tdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi, jismoniy chiniqish, tezkorlik, jamoaviylik hamda sardorlik mahorati bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar. Bellashuvlar yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rin Past Darg‘om tumaniga, 2-o‘ringa Ishtixon tumani, 3-o‘ringa Kattaqo‘rg‘on shahri jamoasi loyiq ko‘rildi.
Gʻolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur musobaqa mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlashda faol ishtirok etayotgan “Qalqon guruhlari” a’zolarining salohiyati va jipsligini yana bir bor namoyon etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 10
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.