w w w . s a m a r k a n d . u z

“Qalqon sardorlari” viloyat bosqichining g‘oliblari aniqlandi

“Qalqon sardorlari” viloyat bosqichining g‘oliblari aniqlandi

“Qalqon guruhlari” a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan “Qalqon sardorlari” musobaqasining viloyat bosqichi kuchli raqobatga boy tarzda o‘tdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi, jismoniy chiniqish, tezkorlik, jamoaviylik hamda sardorlik mahorati bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar. Bellashuvlar yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rin Past Darg‘om tumaniga, 2-o‘ringa Ishtixon tumani, 3-o‘ringa Kattaqo‘rg‘on shahri jamoasi loyiq ko‘rildi.
Gʻolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur musobaqa mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlashda faol ishtirok etayotgan “Qalqon guruhlari” a’zolarining salohiyati va jipsligini yana bir bor namoyon etdi.


Kiritilgan vaqti: 13/01/2026 16:15.   Ko‘rilganligi: 9
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/qalqon-sardorlari-viloyat-bosqichining-goliblari-aniqlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing