Viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo’yish yo’nalishida amalga oshirilgan tadbirlar jarayonida
bir guruh shaxslarning tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda mavjud bo’lgan vositalarni sotib kelayotganligi aniqlandi.
Xususan, Kattaqo’rg’on tumani, "Kumushkent" MFYda yashovchi 2000 yilda tug’ilgan fuqaro D.F. bir qator shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, "FATZORb" preparatini (Frantsiyada ishlab chiqarilgan) sotish bilan shug’ullanganligi ma’lum bo’ldi. Narpay tumanida yashovchi fuqaro T.X. D.F. bilan bog’lanib, "FATZORb" preparatining 11 ta qutisini sotib olish uchun buyurtma berib, 750 ming so’m evaziga jami 396 dona tabletka oldi-sotdisi amalga oshirilayotgan vaqtda qo’lga olindi.
Psixotrop moddalar kishi umriga zavol bo’lishini bila turib, ularning tarqalishiga hissa qo’shayotgan kimsalarning qilmishlarini hech oqlab bo’lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.