w w w . s a m a r k a n d . u z

Psixotrop vositalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo’yildi

Psixotrop vositalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo’yildi

Viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo’yish yo’nalishida amalga oshirilgan tadbirlar jarayonida 

bir guruh shaxslarning tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda mavjud bo’lgan vositalarni sotib kelayotganligi aniqlandi.

Xususan, Kattaqo’rg’on tumani, "Kumushkent" MFYda yashovchi 2000 yilda tug’ilgan fuqaro D.F. bir qator shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, "FATZORb" preparatini (Frantsiyada ishlab chiqarilgan) sotish bilan shug’ullanganligi ma’lum bo’ldi. Narpay tumanida yashovchi fuqaro T.X. D.F. bilan bog’lanib, "FATZORb" preparatining 11 ta qutisini sotib olish uchun buyurtma berib, 750 ming so’m evaziga jami 396 dona tabletka oldi-sotdisi amalga oshirilayotgan vaqtda qo’lga olindi.

Psixotrop moddalar kishi umriga zavol bo’lishini bila turib, ularning tarqalishiga hissa qo’shayotgan kimsalarning qilmishlarini hech oqlab bo’lmaydi.


Kiritilgan vaqti: 06/07/2023 08:02.   Ko‘rilganligi: 248
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/psixotrop-vositalarning-noqonuniy-aylanmasiga-chek-qoyildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.