w w w . s a m a r k a n d . u z

"PROGRESS GROUP" xoldingi Samarqandda innovatsion zamonaviy uysozlik kombinati qurishni rejalashtirmoqda

"PROGRESS GROUP" xoldingi Samarqandda innovatsion zamonaviy uysozlik kombinati qurishni rejalashtirmoqda

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Germaniyaning yig‘ma temir-beton ishlab chiqarish uskunalari sohasida yetakchilardan biri bo‘lgan xalqaro "PROGRESS GROUP" xoldingi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda xolding vakillari yiliga 150 ming kvadrat metr turar-joy qurish quvvatiga ega zamonaviy uysozlik kombinati barpo etish loyihasini taqdim etdi. Loyiha tez quriladigan uy-joylar uchun energiya tejamkor texnologiyalarga asoslangan. Tayyorlangan temir-beton panellari suvoq ishlarini talab qilmaydi, bu esa qurilish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirib, tannarxni kamaytiradi.
Viloyat rahbari investorlarga amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidlab, hududda sifatli uy-joylarga bo‘lgan talab yuqori ekanini qayd etdi. Viloyat hokimi ayniqsa, mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlab, yangi zavoddagi yuqori texnologiyali uskunalarni boshqara oladigan malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligini alohida ta’kidladi.
Nemis kompaniyasi vakillari Jomboy tumanidagi bir nechta maydonlarni ko‘zdan kechirdi. Yirik ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun investorlarga 8 gektar yer maydoni talab etiladi. Hozirda xorijiy hamkorlarga tegishli mutaxassislar biriktirilgan bo‘lib, ular tezkor ravishda barcha zarur texnik va huquqiy tushuntirishlarni taqdim etadi. Shundan so‘ng esa amaliy ishlar boshlanadi.

Kiritilgan vaqti: 21/06/2026 20:32.   Ko‘rilganligi: 67
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/progress-group-xoldingi-samarqandda-innovatsion-zamonaviy-uysozlik-kombinati-qurishni-rejalashtirmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing