w w w . s a m a r k a n d . u z

Prezident Samarqanddagi Biokimyo institutini borib ko‘rdi

Prezident Samarqanddagi Biokimyo institutini borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti faoliyati bilan tanishdi.

Bugungi kunda universitetda 25 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. Bu yerda to‘rtta – Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti, Muhandislik fizikasi instituti, Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Biokimyo instituti tashkil etilgan.
Biokimyo instituti joriy yilda universitetning biologiya va kimyo fakultetlari negizida ochildi. Buning uchun keng ko‘lamli qurilish qilinib, yettita yangi bino qurildi. Jumladan, jami mingdan ortiq o‘ringa ega 2 ta o‘quv binosi, majlislar zali, oranjereya-issiqxona, biologik tadqiqotlar laboratoriyasi – vivariy, botanik tadqiqotlar laboratoriyasi – gerbariy hamda talabalar oshxonasi barpo etildi.
Ahamiyatlisi, shu tariqa ikki yo‘nalish mutaxassislariga bir maydonda ilmiy izlanishlar olib borish imkoni yaratildi. Bu biologiya va kimyo yo‘nalishidagi innovatsiyalar integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqadi.
Davlatimiz rahbari institutdagi o‘quv xonalari, oranjereya, ilmiy laboratoriyalardagi sharoitlar bilan tanishdi. Professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qildi.
Ular istiqbolda onkologik dori vositalarining kimyoviy transformatsiyasi asosida xavfli o‘smalarga qarshi tanlab ta’sir etadigan yangi dori vositalarini yaratish rejasi haqida so‘zlab berdi.
Prezident institut olimlarini chet elda malaka oshirishga yuborish, farmatsevtika va kimyo mahsulotlarini ishlab chiqish, g‘o‘za, uzum, donning yangi navlarini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Bugungi kunda Biokimyo institutida 8 ta ta’lim yo‘nalishida 2 ming 800 nafar talaba ta’lim olmoqda. Umuman, universitetda 12 ta ilmiy va 67 ta o‘quv laboratoriya bor.

Kiritilgan vaqti: 24/08/2023 21:36.   Ko‘rilganligi: 444
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/prezident-samarqanddagi-biokimyo-institutini-borib-kordi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.