w w w . s a m a r k a n d . u z

Pedagogning huquqi, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat himoyasi ostida boʻladi

Pedagogning huquqi, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat himoyasi ostida boʻladi

“Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq toʻlash, ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

Qonunga koʻra, quyidagilar taqiqlanadi:

 pedagogni kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilish;

 pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli boʻlmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

 pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablagʻ ushlab qolish.


Oxirgi o‘zgarish: 02/02/2024 14:26.   Ko‘rilganligi: 177
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/pedagogning-huquqi-shani-qadr-qimmati-va-ishchanlik-obrosi-davlat-himoyasi-ostida-boladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.