“Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq toʻlash, ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.
Qonunga koʻra, quyidagilar taqiqlanadi:
pedagogni kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilish;
pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli boʻlmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablagʻ ushlab qolish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 13
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.