w w w . s a m a r k a n d . u z

Payariq tumanida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari holati oʻrganildi

Payariq tumanida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari holati oʻrganildi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi hududida joylashgan mahallalarda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Vazirlar Mahkamasining “Payariq tumani Xoʻja Ismoil shaharchasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 20-sentabrdagi qaroriga muvofiq ushbu shaharchaning arxitektura va me’moriy qiyofasi hamda muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasini yanada yaxshilash, yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari bilan oʻtgan oʻrganishda viloyat rahbari hududda boshlangan qurilish-bunyodkorlik borasidagi ishlar qay darajada ketayotganligi bilan yaqindan tanishdi. Hududlar boʻylab davom etgan tanishish jarayonida yangi qurilish obyektlari uchun tanlangan joylar ham koʻzdan kechirildi. Jarayonda viloyat hokimi ishlarni tez va sifatli bajarish, kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berdi.


Kiritilgan vaqti: 05/02/2025 12:47.   Ko‘rilganligi: 61
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/payariq-tumanida-olib-borilayotgan-qurilish-bunyodkorlik-ishlari-holati-organildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing