
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi hududida joylashgan mahallalarda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Vazirlar Mahkamasining “Payariq tumani Xoʻja Ismoil shaharchasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 20-sentabrdagi qaroriga muvofiq ushbu shaharchaning arxitektura va me’moriy qiyofasi hamda muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasini yanada yaxshilash, yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari bilan oʻtgan oʻrganishda viloyat rahbari hududda boshlangan qurilish-bunyodkorlik borasidagi ishlar qay darajada ketayotganligi bilan yaqindan tanishdi. Hududlar boʻylab davom etgan tanishish jarayonida yangi qurilish obyektlari uchun tanlangan joylar ham koʻzdan kechirildi. Jarayonda viloyat hokimi ishlarni tez va sifatli bajarish, kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.