w w w . s a m a r k a n d . u z

Pastdarg‘om tumanida bo‘sh turgan va kam quvvatli obyektlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi

Pastdarg‘om tumanida bo‘sh turgan va kam quvvatli obyektlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi

Pastdarg‘om tumanida viloyat rahbari Adiz Boboyevning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda tumanning «Kamolot» mahallasi va Samarqand shahrining «Kimyogarlar» shaharchasi hududidagi bo‘sh turgan va kam unum bilan ishlayotgan obyektlardan samarali foydalanish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda shu joyda joriy yilning may oyida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi, tegishli tashkilotlar tomonidan tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar natijalari ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanishicha, 59 ta ob’yektda loyihalar amalga oshirilishi boshlangan, 16 tasida esa hujjatlar tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Tadbirkorlarga 12,3 milliard so‘m miqdorida kreditlar ko‘rinishida yordam ko‘rsatilgan.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar kredit olishdagi ayrim qiyinchiliklar, yer maydonlarini auksion orqali xarid qilish masalalari va elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan viloyat rahbariga murojaat qildi.
Adiz Boboyev mas’ul tashkilotlar rahbarlaridan aniq tushuntirishlar talab qildi hamda joylardagi haqiqiy holat yuzasidan ularning hisobotlarini tingladi.
- Biz tadbirkorlik rivojiga to‘siq bo‘layotgan barcha g‘ovlarni bartaraf etishimiz shart. Har bir murojaat belgilangan muddatda hal etilishi kerak. Bu gapda emas, amalda bo‘lishi zarur,-dedi viloyat rahbari.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha mas’ul boshqarma va tashkilotlarga tadbirkorlik rivojiga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish va ularning muammolarini shaxsan nazoratga olib, hal etishlari yuzasidan topshiriqlar berildi.
Mazkur hududda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan takliflar tinglanib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Kiritilgan vaqti: 19/08/2025 20:06.   Ko‘rilganligi: 99
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/pastdargom-tumanida-bosh-turgan-va-kam-quvvatli-obyektlardan-samarali-foydalanish-masalalari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing