w w w . s a m a r k a n d . u z

O‘zbekistonda .UZ domen zonasining yangi DNS serveri Xinux operatsion tizimida ishlay boshladi

O‘zbekistonda .UZ domen zonasining yangi DNS serveri Xinux operatsion tizimida ishlay boshladi

.UZ domen zonasining yangi DNS serveri UZINFOCOM Yagona Integrator mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan Xinux Server Edition’da ishga tushirildi.

DNS server nima?

Eslatib o’tamiz, DNS-server domen nomlarini routerlar va Internet-serverlar tushuna oladigan IP manzillarga aylantirish xizmatidir. Ildiz serverlar Internet infratuzilmasining ajralmas qismi hisoblanadi. Qanchalik ko’p DNS serverlar bo’lsa, foydalanuvchilar shuncha tezroq bizning domen zonamiz saytlariga yo’naltiriladi. Kechagacha bizning domenimiz yettita DNS-server tomonidan qo’llab-quvvatlanar edi. Bugun sakkizinchi ns8.uz ishlashni boshladi.

Xinux operatsion tizimi nima?

Xinux.uz – UZINFOCOM Yagona Integrator dasturchilari tomonidan yaratilgan mahalliy operatsion tizim.

2022-yilning 8-avgust kuni mutaxassislar Linux yadrosiga asoslangan Xinux home Edition operatsion tizimining alfa versiyasini taqdim qilishgan edi.

Shunigdek 2023-yilning yanvar oyidayoq Xinux Server Edition ham ishlab chiqarildi.

Ushbu versiy Yagona Integrator tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Ochiq manbalar hamjamiyati (Open Source) uchun UZINFOCOM umumiy repozitoriyasida ommaviy ravishda taqdim etilgan. Endi bu mahsulot GPL-3.0 litsenziyasi (bepul) ostida tarqatiladi.

Hozirda UZINFOCOM Open Source hamjamiyati ishtirokchilari soni 550 kishini tashkil etadi.

Bundan tashqari, siz ushbu versiyani yuklab olishingiz, uni serveringizga operatsion tizim sifatida o’rnatishingiz va uni turli dasturlar bilan birgalikda ishlatishingiz mumkin.

Uznet foydalanuvchilari va dasturchilari uchun maxsus bepul XINUX OS yaratilishi ularga undan Internetdagi o’z loyihalari uchun samarali foydalanish imkonini beradi.

Xinux asosidagi yangi DNS server esa butun dunyo foydalanuvchilari uchun bizning domen zonamizga yo’naltirish so’rovlariga xizmat qiladi.

Server ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers, domen nomlari bilan bogʻliq muammolarni tartibga soluvchi xalqaro notijorat tashkilot) tomonidan sinovdan oʻtgan va tasdiqlangan.

Uznet butun dunyoga yanada yaqinroq bo’ldi.


Kiritilgan vaqti: 10/02/2023 14:02.   Ko‘rilganligi: 568
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/ozbekistonda-uz-domen-zonasining-yangi-dns-serveri-xinux-operatsion-tizimida-ishlay-boshladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.