w w w . s a m a r k a n d . u z

O‘zbekiston - Malayziya biznes forumi

O‘zbekiston - Malayziya biznes forumi

Mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekiston - Malayziya tadbirkorlari ishtirokidagi biznes forumda qatnashdi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari J.Xodjayev keyingi yillarda Malayziya bilan savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib borayotgani, ushbu tashrif esa hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti yaratilgani, qonunchilik takomillashayotgani va iqtisodiyotni erkinlashtirilish borasida faol siyosat yuritilayotganini qayd etdi.

Malayziya Bosh vaziri o’z so’zi avvalida O’zbekistonga diplomatik delegatsiya sifatida emas, do’st sifatida kelganini alohida ta’kidladi.
- O’zbekiston Prezidenti va hukumat rahbarlarining mamlakatdagi iqtisodiy islohotlar haqidagi so’zlaridan biz shunday xulosaga keldikki, O’zbekiston bilan hamkorlikda ishlash mumkin, - dedi Anvar Ibrohim. - Jumladan, energetika, raqamli texnologiyalar, turizm yo’nalishlarida hamkorligimiz istiqbolli bo’lishiga ishonamiz. Men O’zbekiston Prezidenti va hukumat rahbarlarida mamlakatni rivojlantirishga faol intilishi borligini ko’rdim va buni olqishlayman.

Forumda ikki mamlakat tadbirkor va iqtisodiy soha mas’ullari o’zlarini qiziqtirgan masalalariga javob oldilar.

Tadbirda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hujjatlar imzolandi.


Oxirgi o‘zgarish: 18/05/2024 17:57.   Ko‘rilganligi: 327
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/ozbekiston-malayziya-biznes-forumi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.