w w w . s a m a r k a n d . u z

O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish

O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish

YUNESCO Bosh Konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura va qurilish universitetida “O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi.

Unda so‘zga chiqqanlar tarixiy obidalar va madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga yetkazish, restavratsiya amaliyotlari va xalqaro hamkorlik loyihalari haqida to‘xtalib o‘tishdi.
YUNESKO hamkorligida tashkil etilgan ushbu seminarda dunyoning taniqli olimlari, tadqiqotchilar, amaliyotchilar va talabalar ishtirokida madaniy merosni barqaror asrash va rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari barqaror merosni asrash, iqlim o‘zgarishining ta’siri, raqamli texnologiyalar, jamoatchilik ishtiroki va shahar merosini rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar.
Ushbu nufuzli tadbirning aynan Samarqandda o‘tkazilishi bejiz emas. Chunki, Samarqand qadimdan Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan bo‘lib, tarix va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unlashgan maskan hisoblanadi. Seminarda barqaror manbalar va an’anaviy usullar, madaniy meros va iqlim o‘zgarishi, merosni saqlashda raqamli texnologiyalar, shahar madaniy merosi va barqaror rivojlanish omillari kabi yo‘nalishlarda ma’ruzalar qilindi. Shuning bilan birga, ishtirokchilar uchun amaliy master-klasslar ham tashkil etildi. Qurilishda an’anaviy restavratsiya usullarini tadqiq qilish hamda barqaror arxitekturadagi innovatsiyalar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Seminar davomida O‘zbekiston, Yevropa, Osiyo va boshqa mintaqalardan kelgan ekspertlar, olimlar va amaliyotchilar tarixiy meros va zamonaviy rivojlanish uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashib, yaqin muloqot o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Kiritilgan vaqti: 06/11/2025 11:46.   Ko‘rilganligi: 24
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/otmishni-asrab-kelajakni-barpo-etish

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing