w w w . s a m a r k a n d . u z

"Oslo Innovation Week" doirasida xalqaro hamkorlik muhokama qilindi

"Oslo Innovation Week" doirasida xalqaro hamkorlik muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimligi, Raqamli texnologiyalar vazirligining Samarqand viloyati hududiy shu’basi xodimlari "Oslo Innovation Week" doirasida

"Oslo Sayens Park" rahbariyati hamda ma’lumotlar tahlili va Big Data sohasida 20 yillik xalqaro tajribaga ega ekspert Anna Lund bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida Samarqand viloyatida IT sohasi va startaplar ekotizimini rivojlantirish, innovasion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston va Norvegiya texnologik kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv xalqaro tajriba almashish, yangi texnologik tashabbuslarni ilgari surish hamda Samarqand viloyatidagi IT kompaniyalar va yosh startaplar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Kiritilgan vaqti: 21/10/2026 14:11.   Ko‘rilganligi: 56
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/oslo-innovation-week-doirasida-xalqaro-hamkorlik-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing