w w w . s a m a r k a n d . u z

Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Viloyat hokimligida viloyat rahbari Adiz Boboyevning Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Arayey bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Avval xabar qilinganidek, bank O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiya qilishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, Samarqand viloyatida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida qariyb 100 ta bolalar bog‘chasini qurish, rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirish bo‘yicha yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda OTB ekspertlari tomonidan viloyatdagi mahallalar o‘rganib chiqilgani ta’kidlandi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, DXSH asosida 37 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurishga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, amaldagi 49 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qayta ta’mirlash va 66 tasini kapital ta’mirlash rejalashtirilgan. Hozirgi kunda kelgusida quriladigan ob’yektlar uchun aniq joylarni belgilash ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, bu borada xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida xalqaro tender e’lon qilish imkonini beradi.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev ushbu ijtimoiy ahamiyatga ega loyihani amalga oshirishda viloyat hokimligi har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.
Tomonlar hamkorlikdagi amaliy ishlarni yanada yaxshilashga kelishib oldilar.

Kiritilgan vaqti: 04/06/2026 10:05.   Ko‘rilganligi: 45
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/osiyo-taraqqiyot-bankining-ozbekistondagi-vakolatxonasi-rahbari-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing