w w w . s a m a r k a n d . u z

Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Samarqandga keldi

Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Samarqandga keldi

Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Masato Kanda boshchiligidagi delegatsiya vakillari Samarqandga keldi.

Samarqand Xalqaro aeroportida mehmonlarni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev kutib oldi.
2026-yilning 3−6-may kunlari Samarqand shahri Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) 59-yillik yig‘ilishiga mezbonlik qiladi. Unda bankka a’zo 69 davlatning bank-moliya muassasalari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, NNTlar va OAV vakillari ishtirok etib, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan mamlakatlar oldida turgan rivojlanish muammolarini ko‘rib chiqishlari ko‘zda tutilmoqda.
Samarqand xalqaro aeroportida Masato Kanda bilan o‘tkazilgan muloqotda Adiz Boboyev OTBning yillik yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazilayotganidan mamnun ekanligini aytib, ushbu nufuzli tadbirni yuqori darajada o‘tkazish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilayotganligini bildirdi.
- 2026-yilda qadimiy Samarqandda bo‘lib o‘tadigan yillik yig‘ilishimiz o‘zaro muloqot va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashda muhim maydon vazifasini bajarib, mintaqaning ko‘plab o‘ziga xos jihatlarini muhokama qilish uchun imkon yaratadi,- dedi OTB Prezidenti.
Masato Kanda boshchiligidagi OTB vakillari Samarqandga tashrifi davomida 59-yillik yig‘ilish bo‘lib o‘tadigan obyektlar, ulardagi shart-sharoitlar bilan tanishib chiqadi.
Shuningdek, Samarqandning diqqatga sazovor joylari, me’moriy yodgorliklariga sayohat ham tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan.

Kiritilgan vaqti: 16/11/2025 18:26.   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/osiyo-taraqqiyot-banki-prezidenti-samarqandga-keldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing